IMTIHON O’TKAZILISHINING UMUMIY QOIDA VA SHARTLARI
Imtihonga ro’yxadan o’tish, Internet saxifalarida ko’rsatilgan sanada onlayn amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tish faqatgina mavjud joy uchun amalga oshiriladi.Imtihonda/imtihon qismlarida faqatgina bir oyda bir marta ishtirok etish imkoniyati mavjud.Imtihon vaqtida mobil telefon, fotoapparat, mikrofon va boshqa elektron qurilma va yordamchi vositalardan foydalanish taqiqlanadi.Imtihon xonasiga noqonuniy tarzda mobil telefon va boshqa yordamchi vositalar olib kirgan Imtihon ishtirokchisi imtihondan chetlatiladi.
NARXLAR
Saytda ko’rsatilgan narxlar va chegirma shartlari faqatgina ro’yxatdan o’tish davridagina amal qiladi.
To’lov shartlari
Imtihon uchun to’liq to’lov ro’yxatdan o’tilgandan keyin 72 soatdan kechiktirilmagan holatda, onlayn kredit karta va bank o’tkazmalari orqali amalga oshirishingiz kerak. Agar to’lov ko’rsatilgan muddatda amalga oshmasa imtihon uchun egallangan joy bekor qilinadi.
Imtihonni bekor qilish
Imtihon ishtirokchilari imtihonni bekor qilish/tark etish huquqiga ega. Bunday hollarda, huddi imtihondan chetlashtirilgani kabi imtihon to‘lovi qaytarib berilmaydi va imtihon topshirilmagan deb hisoblanadi.
Imtihon qatnashuvchisi imtihonga kasallik sababli kelmagan taqdirda, yozma tibbiy tasdiqnoma taqdim etishi kerak, shundagina imtihon uchun to’lov to’liq qaytarib beriladi.
Voyaga yetmagan qatnashuvchilarga imtihonni bekor qilish uchun qonuniy vasiylarining yozma roziligi talab qilinadi.
Imtihon bekor qilingan taqdirda imtihon uchun to’langan puldan 20% ma’muriy to’lov undirilib, qolgan qismi qaytarib beriladi. Imtihon boshlangandan so’ng, to‘lovni qaytarib olish mumkin emas. To’lovni kartaga qaytarish yoki bank hisob raqamiga o’tkazish uchun, imtihon bo’limiga quydagi ma’lumotlarni elektron pochta orqali yuborish kerak:
Shaxni tasdiqlovchi hujjat va bank ma’lumotlari. Kartaga yoki bank hisob raqamiga pul mablag’larini qaytarish o’ttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Imtihon Berlin Zentrum tomonidan bekor qilingan taqdirga, imtihon uchun to’langan to’lov to’liq qaytariladi.
Imtihon natijalari
Imtihon natijalari odatda imtihondan 14 ish kuni o’tgandan so’ng e’lon qilinadi.
Imtihondan oldin imtihon qatnashchilari tasdiqnomada ko’rsatilgan ro’yxatdan o’tish ma’lumotlar: ism familiya tug’ilgan sana va joylarini tekshirib chiqishlari kerak va xatolik aniqlanganda zudlik bilan bu haqida imtihon bo’limi xodimlariga elektron pochta orqali o’z vaqtida xabar berishlari shart. Shaxsiy ma’lumotlar tuzatilgan yangi sertifikat berish pullik xizmat hisoblanadi.
Nomzodlar o’z Sertifikatlarini qabul qilishlari uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilishlari kerak.
Qayta tiklangan (dublikat) sertifikat
Sertifikat yo’qolgan taqdirda, imtihon topshirilgandan keyin 10 yil muddat ichida to’lov evaziga qayta tiklab berilishi mumkin. Hujjat(dublikat) ni qayta tiklash pullik xizmat hisoblanadi.