Maqsad va vazifalar
“Berlin markazi” (Ziyo Gavhari NTM) – 2016 yildan beri Andijonda nemis tili va madaniyati bo’yicha ixtisoslashgan o’quv markazi hisoblanadi. Markazimiz tashkil etilgan vaqtdan buyon Gyote Institutining Toshkentdagi filiali bilan uzviy hamkorlikni yo´lga qo´ygan. Hamkorlikdan ko´zlangan maqsad, ta´lim sifatini oshirish, darslarni Yevropa standartlariga muvofiqlashtirish, hamda, o´qituvchilarni til va metodik tajribalarini oshirish etib belgilangan. Bu hamkorlikning natijasi o´laroq 2019- yilning noyabr oyida markazimiz Gyote Institutining Moskvadagi auditorlari tarafidan „sifat nazorti“ bo´yicha tekshirildi va ijiobiy ko´rsatgichlar qayd etdi va 2020 yil 12 martda Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan rasmiy hamkor sifatida ISO sertifikati bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari 2020-yil 25-mart kuni Berlin Zentrum jamoasi Germaniyaning Papenburg Qurilish Kompaniyasi bilan „Ausbildung“- kasbiy ta´lim yo´nalishida hamkorlik bo´yicha shartnomaga imzo qo´ydi. Shartnoma doirasida Berlim Zentrum o´quv markazida ta´lim olgan va B2(CEFR) sertifikatiga ega bo´lgan Andijon viloyati va qo´shni hududlardagi tinglovchilar Germaniya Federativ Respublikasida 3 yillik kasbiy ta´lim olish va 5 yillik mehnat shartnomasi bilan Germaniyada ishlash imkoniyatini qo´lga kiritishlari mumkin. Papenburg loyihasi o´quvchi yoshlarga yo´l qurilishi, logistika va tehnik sohalarda kasbiy ta´lim olish imkoniyatini taklif etadi:
Markazdagi o’qituvchilar nemis tilini o´qitishda yuqori pedagogik malakaga ega bo´lish bilan bir qatorda nemis tili til ko´nikmlarini yuqori darajda egallaganlar. Tajribali pedagogik jamoaning aksar qismini Germaniya Federativ Respublikasida ta´lim olgan yoki turli malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, ular Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan tashkil etiladigan seminar va malaka oshirish kurslarida ham doimiy ishtirok etib keladilar va bu orqali o´z bilimlarini davomiy ravishda oshirib boradilar.
Markazimiz shuningdek, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va Goethe Instituti tomonidan tashkil etiladigan madaniy- ma´rifiy, ta´limiy tadbirlarda, bayram va festivallar, film namoyishlari va turli hil mavzularga bag´ishlangan badiiy kechalarda ham faol ishtirok etib keladi.
Bizning afzalliklarimiz:
1. Til o´rgatishning kommunikativ va samarali metodlari
2. Birinchi darsdan boshlab nemischa muloqot
3. Kurslarning modullashgan tizimi
4. Katta guruhlarda, shuningdek, talabga ko´ra kichik guruh yoki yakka tartibda ishlash.
5. Nutqning hamma turlari ustida ishlash: og´zaki, o´qish, yozma, tinglab tushinish
6. Yangi va original o´quv materiallardan foydalanish
7. Nofaol so´zlarni qayta faollashtirish
8. Andijon va qo´shni hududlardagi nemis tili o´qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari
Berlin Zentrum – muvaffaqiyatingiz garovi